2025-yil uchun O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 308,5 trillion so‘m, xarajatlari 344,6 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Kelasi yilda ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini (47,3 foiz) taʼlimga yo‘naltirish belgilanmoqda. Jumladan, 2025-yilda ushbu sohaga jami 84,3 trillion so‘m ajratiladi.
Shundan:
🔹Maktabgacha taʼlimga 15,8 trillion so‘m;
🔹Umumiy o‘rta taʼlimga 54 trillion so‘m;
🔹Professional taʼlimga 7,8 trillion so‘m;
🔹Oliy taʼlimga 6,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Kelgusi yilda davlat byudjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga 41,2 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, madaniyat xarajatlariga 3,8 trillion so‘m, jismoniy tarbiya va sport chiqimlariga 3,2 trillion so‘m sarflanadi. Fan sohasiga esa 2,2 trillion so‘m beriladi.