AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) “Gazprombank” va bir necha oʻnlab Rossiya banklari va moliya institutlarini oʻzining sanktsiyalar roʻyxatiga qoʻshdi, deyiladi departamentning 21-noyabr kuni matbuot-relizida.
2022-yildan beri gaz uchun rublda hisob-kitoblarni amalga oshirib kelayotgan “Gazprombank” ilk bor Amerika tomonidan qattiq cheklovlarga uchradi. Ilgari sanksiyalar ro‘yxatiga faqat bankning top-menejerlari kiritilgan edi, bu esa uning asosiy faoliyatiga daxl qilmasdi. Bank sanksiyalar uning Rossiyadagi faoliyatiga ta’sir qilmasligini aytdi.
“Gazprombank»dan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- “Dom.RF” — ipoteka kreditlash bozorida yirik o‘yinchi;
- “BKS Bank” — qimmatli qog‘ozlar sohasidagi yetakchilardan biri;
- boshqa moliya tashkilotlari, jumladan “Waybank”, “Vitabank”, “Autofinance Bank”, “Uglemetbank”, “Natsionalniy Standart” banki va “Finstar Bank”.