Yakshanba, 8 Iyun

O‘zbekistonda 2025-yili 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan

Shavkat Mirziyoyevga avtomobilsozlikdagi yutuqlar va kelgusi rejalar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan 10 oyda 338 mingta avtomobil ishlab chiqarilib, eksport $455 mln.ni tashkil etdi. Tannarxni 4 foizga kamaytirish va 1 400 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga erishildi.

2025-yilda 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni $700 mlnga yetkazish rejalashtirilgan. Mahalliylashtirishni kuchaytirish uchun 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 loyiha amalga oshiriladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid