Amerikaning texnologik giganti Nvidia sun’iy intellekt yordamida musiqa va tovushlarni yaratish bo‘yicha Fugatto modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Model tovushlar, ovozlar va musiqani so‘rovlar yordamida ham matn, ham audio formatda yaratish yoki o‘zgartirish imkonini beradi.
Aytilishicha, bu dastur har qanday his-tuygʻuni ifoda etadigan ovozlarni yaratish, cholgʻular tovushini oʻzgartirish va qisqacha qoʻshiqlarni tezda yozish uchun qulay.