2024-yil noyabr holatiga ko’ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni Namanganda tayyorlanmoqda.
O’zbekiston Statistika agentligi noyabr oyida umumiy ovqatlanish muassasalaridagi (Osh markazlarida) palov narxlariga oid kuzatuv natijalarini e’lon qildi.
Palov narxi eng arzon viloyat Namangan bo’lib, viloyatda bir porsiya palov narxi 22 ming so’mni, 1 kg esa 155 ming so’mni tashkil etgan. Toshkent shahrida esa eng qimmat narx: 1 porsiya palov uchun 34,5 ming so’m, 1 kg uchun esa 241 ming so’m.