Yakshanba, 8 Iyun

Turkiya banklari eski namunadagi 50 va 100 dollarlik kupyuralar xaridini to’xtatdi

Turkiyaga 600 mln dollar miqdoridagi 50 va 100 dollarlik soxta kupyuralar olib kirilgani iddaosi ortidan banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari eski dollar banknotalari xaridini to’xtatdi. Ma’lumotlarga ko’ra, pul sanash apparatlari va bankomatlar soxta banknotalarni ajrata olmayapti.

Turkiya ommaviy axborot vositalarida yozishlaricha, bozorda 1 yarim oydan beri soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar aylanib yuribdi. Ushbu banknotalar dasturiy ta’minot yangilanmagan pul hisoblagichlaridan o’tayotgani ma’lum bo’lgach, banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari ularni sotib olishni to’xtatdi. Ayrim valyuta ayirboshlash shoxobchalari eski banknotalar uchun komissiya to’lovi joriy etgan.

Turkiya Banklar Assosiasiyasi (TBB) banklarni soxta 50 va 100 dollarlik banknotalar haqida ogohlantirgan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid