Yakshanba, 8 Iyun

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so’mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqand viloyatida 28,8 milliard so’mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan «Mayning ferma» fosh etildi.

«O’zenergoinspeksiya» Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbirda Ishtixon tumanida «M.G.M.» oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yerto’lada umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to’g’ridan-to’g’ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra 28 mlrd 896 mln so’mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo’ldi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid