OpenAI foydalanuvchilarga yangi ChatGPT Pro tarif rejasini taklif qildi. Kompaniya ma’lumotiga koʻra, ushbu reja yordamida foydalanuvchilar OpenAI texnologiyalarining eng ilgʻor imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
Endilikda murakkab vazifalarni bajarish uchun kuchliroq yangilangan o1 (Pro versiya) sun’iy intellekt modelidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilar ovozli rejimdan foydalanishlari mumkin boʻladi. Buning uchun oyiga $200 dollar toʻlash kerak boʻladi.
ChatGPT Plus tarifi oʻzgarmay qoladi. Uning oylik toʻlovi oʻn barobar arzonlashib, $20 ga teng boʻladi.