Bitkoinning narxi tarixda birinchi marta Binance birjasida 100 ming dollardan oshdi. Noyabr oyida AQSh prezidenti saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongandan so‘ng kriptovalyuta narxi ko‘tarila boshladi. O‘sha paytda narx 68 ming dollar atrofida edi va bir oy ichida bir necha tarixiy rekordni o‘rnatdi.
Bunday o‘sish Trampning kriptovalyuta bozori haqidagi bayonotlari bilan bog‘liq. Xususan, u AQShni “sayyoraning kripto poytaxti”ga aylantirish va Bitcoin zaxirasini to‘plashga va’da bergandi.
Agar kriptovalyuta kelajakni belgilaydigan bo‘lsa, men uning mayning qilinishi, zarb etilishi va ishlab chiqarilishi AQShda bo‘lishini xohlayman, degan edi Tramp.