Umid Obidxo‘jayev va Ilhom Umrzoqov iqtisodiyot va moliya vazirining yangi o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Shuningdek, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi Murod Otajonov Pensiya jamg‘armasiga direktor bo‘ldi.
Xususan, Umid Qutpitdinovich Abidxadjayev iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u 2021-yilning may oyidan buyon Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ilhom O‘rinboy o‘g‘li Umrzoqov Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari — Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.
Jasur Qarshiboyev iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi, Murodbek Otajonov esa Pensiya jamg‘armasi direktori etib tayinlandi.