“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash to’g’risida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
Unga ko’ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to’lash sanasida amalda bo’lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
- mayning-pul uchun – 3 000 BHM (1,125 mlrd so’m);
- kripto-do’kon uchun – 3 700 BHM (1,3875 mlrd so’m);
- kripto-depozitariy uchun – 7 000 BHM (2,625 mlrd so’m);
- kripto-birja uchun – 73 400 BHM (27,525 mlrd so’m)