Shanba, 7 Iyun

4 ta bank tomonidan xususiy bog’chalar ochish uchun kreditlar ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabridagi qaroriga ko‘ra, 2024-2028 yillarda yuqoridagi 4 ta davlat banki («SQB», «Agrobank», «Aloqabank» va «Milliy bank») xususiy bo‘gcha tashkil qilish uchun kredit beradi.

Tijorat banklari tomonidan ushbu loyiha doirasida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun taqdim etiladigan kreditlar:

🔹tumanlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavka bo‘yicha;
🔹Nukus shahri, viloyatlarning ma’muriy markazlari va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 16 foiz stavka bo‘yicha;
🔹Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 18 foiz stavka bo‘yicha beriladi;

“2024 — 2028-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarga biriktirilgan tijorat banklari ro’yxati:

Xalqaro moliya
instituti nomi
Biriktirilgan hudud
nomi
Biriktirilgan
tijorat banki nomi
Islom taraqqiyot bankiQoraqalpog‘iston Respublikasi“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Andijon viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
Toshkent shahar
Buxoro viloyati“Agrobank” ATB
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Xorazm viloyati“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati“Aloqabank” ATB
Jizzax viloyati
Sirdaryo viloyati
OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasiBarcha hududlar“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid