Yakshanba, 8 Iyun

Yangi yilda O‘zbekistonliklar ketma-ket 6 kun dam oladi

“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

  • 28 dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
  • 29 dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
  • 30 dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 31 dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1 yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
  • 2 yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid