“Telegram” o‘zining uch yillik monetizatsiya tarixida birinchi marta daromadli bo‘ldi, deya xabar berdi messenjer egasi Pavel Durov o‘zining kanalida.
Durovning ma’lum qilishicha, joriy yilda “Telegram Premium” obunachilari soni 3 barobarga ko‘payib, 12 mlndan, reklama daromadi ham bir necha barobar oshgan.
Natijada, “Telegram»ning 2024-yildagi umumiy daromadi $1 mlrddan oshdi va biz yilni kripto-aktivlarni hisobga olmaganda $500 mlndan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlayapmiz”, deya ma’lum qildi Durov.
Uning ta’kidlashicha, messenjer so‘nggi to‘rt yil mobaynida “Telegram” taxminan 2 mlrd miqdorida qarz olgan va “Telegram” obligatsiyalari uchun qulay narxlardan foydalanib, joriy yil kuzida uning sezilarli qismi qaytarilgan.
Durov joriy yilda monetizatsiya sohasidagi yangiliklar sifatida — “Yulduzlar”, “Hadyalar”, “Giveaways”, “mini-ilovalar”, “Hamkorlik platformasi”, “Telegram Biznes” va “Telegram Gateway” ishga tushirilganini qayd etdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy media platformalari mustaqil va foydalanuvchi huquqlarini hurmat qilgan holda moliyaviy barqarorlikka erishishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.