Shanba, 7 Iyun

Bu yil O’zbekiston bozoriga qaysi brendlar kirib keldi?

2024-yil O‘zbekiston ko‘plab brendlarga “eshik ochdi”. Ularning orasida avtomobildan tortib oziq-ovqat brendlarigacha bor. Ushbu maqolada siz yil davomida O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan kompaniyalar bilan tanishishingiz mumkin. Ushbu ma’lumotlarni Spot nashri bir joyga jamladi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istondan keyin ikkinchi bozorga aylandi, “Zeekr” o‘zining elektromobillari savdosini rasman boshlagan.

Noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda birinchi “Porsche” shou-rumining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

2025-yilga qadar “Yangi O‘zbekiston” hududida servis xizmati va kengaytirilgan modellar assortimentiga ega to‘laqonli dilerlik markazini qurish rejalashtirilgan.

«Tashkent City Mall» savdo markazi poytaxtning Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uyda joylashgan. Unda taqdim etilgan brendlar qatorida Ispaniyaning “Inditex” kompaniyasi bor: “Zara”, “Zara Home”, “Massimo Dutti”, “Oysho”, “Bershka”, “Stradivarius” va “Pull&Bear”.

“Agalarov Development” — Ozarbayjonlik biznesmen Emin Agalarovning ko‘p tarmoqli kompaniyasi bo‘lib, 10ta biznes yo‘nalishi va 60dan ortiq loyihalarni ishlab chiqadi. Kompaniyaning flagman loyihasi “Sea Breeze” kurort-shahri bo‘lib, allaqachon 2 mln kvadrat metrdan ortiq uy-joy mavjud.

Finlyandiyaning “Wolt” oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish xizmati sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi.

Avgust oyida Toshkentda Qozog‘istonning “galmart” riteyleri birinchi supermarketining texnik ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Amerikaning “Papa John’s” pitsa tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Kompaniya shu yilning yanvar oyida o‘z faoliyatini boshlagan.

“Pizza Hut” restorani iyulda fud-kort hududida joylashgan “Tashkent City Mall” savdo-ko‘ngilochar markazida ochildi. Ikkinchi nuqta “Seoul Mun” turar-joy majmuasida joylashadi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid