PUL24 2024-yil bo’yicha O’zbekiston banklarining moliyaviy hisobotlari bilan tanishdi.
Unga ko’ra, 2024-yilda 1,7 trln so’m sof foyda bilan «O‘zmilliybank» yetakchilikni egalladi. Bank 2023-yilda ham 1,7 trln so’m sof foyda olgandi, 2024-yilda daromadlar 5,6 mlrd so’mga oshgan.
Keyingi o’rinda 1,4 trln so’m sof foyda bilan «Hamkorbank» turibdi. Mazkur bankning 2023-yildagi sof foydasi 1,2 trln so’mni tashkil etgandi. 2024-yilda esa 226,4 mlrd so’m ko’proq foyda olgan.
Bu ro’yxatda kuchli uchlikni «O‘zsanoatqurilishbank» yakunlab berdi. O’n ikki oyda uning sof foydasi 1,3 trln so’mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 391,4 mlrd so’mga oshgan.
