Yakshanba, 10 Avgust

O‘zbekistonda bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

2025-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 55-son qarori qabul qilindi.

Asosiy o‘zgarishlar:

✅ Bojxona yig‘imlarining stavkalari rasmiylashtirish xarajatlaridan kelib chiqib belgilandi.
✅ «Eksport» va «import» rejimlari uchun yig‘im stavkalari muvofiqlashtirildi.
✅ Ish vaqtidan tashqari rasmiylashtirish yig‘imi 8 barobarga kamaytirildi.
✅ Qayta ishlash bojxona rejimlari yig‘imi 2 barobarga pasaytirildi.
✅ Dastlabki deklaratsiyada 20% chegirma joriy etildi.
✅ Tranzit bojxona rejimi uchun yig‘im BHMning 25% miqdorida belgilandi.
✅ Xalqaro kurerlik jo‘natmalariga 1 kg uchun BHMning 2% yig‘im belgilandi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid