Yakshanba, 12 Oktabr

2024-yil yakuniga ko’ra kambag’allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi

Oʻzbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambagʻallik darajasi aniqlandi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln. kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).

Ushbu natija – Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan.

Kambagʻallik darajasi eng yuqori pasayishlar:

  • Buxoro viloyatida – 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;
  • Samarqand viloyatida – 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;
  • Namangan viloyatida – 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.

2024-yilda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar mamlakatda kambagʻallik darajasini pasaytirishga katta hissa qoʻshdi.

Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 mln soʻmdan toʻgʻri keldi (yil boshida – 1,7 mln soʻm).

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:

  • ish haqi – 42,6 foiz (2023-yilda – 41,9 foiz);
  • tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
  • pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
  • qishloq xoʻjaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
  • xorijdan pul oʻtkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
  • boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.

Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga koʻpaydi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid