Shanba, 11 Oktabr

22 300 so‘m – bir kunga yetadi!

Statistika agentligi tomonidan minimal iste’mol xarajatlari qayta hisoblab chiqildi. 2024-yil dekabr oyidagi iste’mol narxlari indeksi asosida, 2025-yil uchun bir kishiga to‘g‘ri keladigan oylik minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘mni tashkil etdi.

Hisoblash tartibiga ko‘ra, minimal iste’mol xarajatlari oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib, indeksatsiya qilinib boriladi.

Jahon amaliyotida ushbu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Xususan, bu mezon quyidagi yo‘nalishlarda foydalaniladi:

– davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy yordamlariga muhtoj aholining aniq maqsadli guruhlarini belgilash;
– kambag‘allikka qarshi kurash strategiyasi va dasturlari samaradorligini oshirish hamda doimiy monitoringini yuritish;
– pensiyalar, nafaqalar va boshqa moddiy yordamlar uchun eng kam miqdorlarni belgilashda mezon sifatida qo‘llash.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-mayda mazkur xarajat miqdori 648 ming so‘mni tashkil etgan edi.

Shuningdek, 2022-yilda minimal iste’mol xarajatlari 498 ming so‘m, 2021-yilda esa 440 ming so‘m etib belgilangandi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid