Toshkent metropoliteni vagon parkiga 4-fevral kuni yangi 3 ta metro poyezdlari olib kelindi, deb xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.
Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Shuningdek, ta’kidlash lozimki, joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.