Shanba, 16 Avgust

Toshkent bozorlarida kunlik ijara narxlari o’rtacha 25 foizga oshirilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi «Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaror loyihasini e’lon qildi.

Taxminan yig‘imlar 30% gacha oshishi kutilmoqda.

Bozorda mahsulotni savdo o‘rinlarida sotish, 1 o‘rin/1 kunga:

🔹ho‘l mevalar (anor, olma, nok va boshqa) – 18 000 so‘m (hozir 15 000 so‘m);
🔹sitrus va tropik mevalar – 39 000 so‘m (hozir 32 000 so‘m);
🔹go‘sht mahsulotlari – 42 000 (hozir 35 000 so‘m);
🔹sut mahsulotlari – 15 000 so‘m (hozir 18 000 so‘m);
🔹poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – 34 000 so‘m (hozir 28 000 so‘m);
🔹quruq mevalar (turshak, mayiz, pista, bodom) – 40 000 so‘m (hozir 33 000 so‘m).

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid