Yakshanba, 10 Avgust

Elektromobillar uchun utilizasiya yig‘imi 4 karra oshadi

Vazirlar Mahkamasining “Elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, mamlakatda “yashil” texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, elektromobillarning yaroqsiz holga kelib qolgan batareyalarini atrof-muhitga keskin zarar yetkazmagan holda utilizatsiya qilinishi taʼminlash va sohada mahalliylashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsad qilingan.

2025-yil 1-maydan boshlab:

🔹ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln so‘m);

🔹ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming so‘m) etib belgilanadi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid