Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 224,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 24 095 dona elektromobil import qilingan. Eng ko‘p import qilgan mamlakat — Xitoy (23 982 dona).
Shuningdek, elektromobillar quyidagi davlatlardan ham keltirilgan:
- Qozog‘iston — 51 dona
- Gonkong — 17 dona
- Germaniya — 15 dona
- Birlashgan Arab Amirliklari — 13 dona
- AQSH — 10 dona
Avvalroq 2024-yilning 10 oyida O‘zbekiston qiymati 202,7 million dollarga teng elektromobillarni import qilgani ma’lum qilingandi.