Markaziy bank 14-fevraldan boshlab xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
AQSh dollari kursi kunlik savdolar yakuniga ko‘ra 14,88 so‘mga oshib, 13 003,95 so‘mni tashkil etdi.
13-fevral kuni banklar dollarni 12 925 so‘mdan 12 960 so‘mgacha sotib olib, aholiga 12 900 so‘mdan 13 050 so‘mgacha sotdi.
2024-yilda so‘m dollarga nisbatan 4,7 foiz qadrsizlangan. Bu haqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Timur Ishmetov maʼlumot bergan edi.
Yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan e’lon qilib boriladigan bir AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 0,28 foizga yoki deyarli 36,53 so‘mga — 12 920,48 so‘mdan 12 957,01 so‘mgacha oshdi.