Shanba, 11 Oktabr

Yevropa Ittifoqi O’zbekistondan Uzstanex va Rossiyadagi 13 ta bankga sanksiyalar joriy qildi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 16-chi sanksiya paketini qabul qildi, bu Rossiyaning Ukrainaga to’liq miqyosdagi bosqinining boshlanishining uchinchi yilligi munosabati bilan amalga oshirildi.

Cheklovlarga muvofiq, asosan Xitoyga mansub 34 ta xorijiy kompaniya kiritildi.

Sanksiyalar ro’yxatida Rossiyadagi NBUning filiali «Asia-Invest Bank» mavjud emas.

Sanksiyalarga Rossiyaning sakkizta ommaviy axborot vositasi kiritildi: EADaily / Eurasia Daily, Fondsk, Lenta, NewsFront, RuBaltic, SouthFront, Strategic Culture Foundation va «Krasnaya Zvezda». Sababi – «dezaxborot va propaganda tarqatishda tizimli ishtirok etish», bu esa Yevropa Ittifoqi jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solishi sifatida taʼkidlandi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning moliyaviy va bank tizimi uchun muhim hisoblangan 13 ta bankni SWIFT interbank tizimidan uzib qo’ydi.

Ushbu roʻyxatga quyidagilar kiradi:

  • Ак барс банк;
  • Уралсиб;
  • Банк «Точка»;
  • Национальный резервный банк;
  • Росэксимбанк;
  • Банк «Синара»;
  • Примсоцбанк;
  • ББР-банк;
  • РНКО Платежный конструктор;
  • Петербургский платежный центр;
  • Кузнецкбизнесбанк;
  • Мирбизнесбанк;
  • Банк «Кубань-кредит»;
  • МФК «Точка опоры».

Yanvar oxirida «Asia-Invest Bank» — NBUning Rossiyadagi filiali — Yevropa Ittifoqi tomonidan yangi sanksiyalarga tortilishi mumkinligi xabar qilingandi. Ammo eʼlon qilingan sanksiyalar roʻyxatida «Asia-Invest Bank» kiritilmagan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid