2025-yil 7-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy bog‘cha xizmatlari narxi bir bola uchun oyiga 295,3 dollarni tashkil qilgan. Narx-navo bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 127 mamlakat ichida 62-o‘rinni egalladi. Bu haqda Ranking.kz tahlil portali xabar bermoqda.
MDH mamlakatlari orasida xususiy bog‘chalar narxi quyidagi davlatlarda O‘zbekistondan arzon:
Rossiya — 262,9 dollar;
Ozarbayjon — 242,2 dollar;
Qozog‘iston — 240,6 dollar;
Qirg‘iziston — 190,3 dollar;
Tojikiston — 104,3 dollar.
Quyidagi davlatlarda esa narxlar O‘zbekistondan ham qimmat:
Ukraina — 296,9 dollar;
Belarus’ — 299,3 dollar;
Armaniston — 306,9 dollar;
Moldova — 372,3 dollar.
Dunyoda xususiy bolalar bog’chalari xizmatlarining eng yuqori narxlari Shveysariya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada, eng arzonlari esa Bangladesh, Shri-Lanka va Pokistonda qayd etilgan.