Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Dam olish kunlari quyidagi banklarning valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat olib boradi:
🏦Agrobank
🏦Aloqabank
🏦Anorbank
🏦Apexbank
🏦Asakabank
🏦BRB
🏦Garant bank
🏦Davrbank
🏦InFin bank
🏦Ipak Yoʼli banki
🏦Ipoteka-bank
🏦Milliy bank
🏦Orient Finans bank
🏦Poytaxt bank
🏦Sanoatqurilishbank
🏦Saderat bank
🏦Tenge bank
🏦Trastbank
🏦Turon bank
🏦Universalbank
🏦Xalq banki
🏦Hamkorbank
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.