Yakshanba, 12 Oktabr

Uzum Tezkor yetkazib berish bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Uzum Tezkor kompaniyasi ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.

Kompaniya tayyor ovqatlar va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma qilish va yetkazib berish agregatori bozorida ustun mavqega erishganini bildirgan xabarnoma asosida bu qaror qabul qilindi.

Raqobat qo‘mitasi, qonunlarga muvofiq, platformaning ustun mavqeini suiiste’mol qilishining oldini olish maqsadida majburiy Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etadi va doimiy ravishda monitoring olib boradi.

Bundan oldin, Uzum Market ham elektron savdo bozorida ustun mavqega ega deb topilgan edi.

Ma’lumot uchun, ustun mavqe deganda, bozorning raqobatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, boshqa kompaniyalarning bozorga kirishini qiyinlashtiradigan yoki ularning iqtisodiy faoliyatini cheklaydigan holat tushuniladi. Agar kompaniya yoki guruhning bozor ulushi 40 foiz yoki undan yuqori bo‘lsa, shuningdek, boshqa holatlarda ham ustun mavqe mavjud deb hisoblanadi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid