Yakshanba, 24 Avgust

Yilning birinchi yarmida soliq to‘lovchilarga 8,8 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2025-yilning yanvar-iyun oylarida soliq organlariga yuborilgan 5 488 ta murojaat asosida 3 272 ta tashkilotga umumiy qiymati 8,8 trillion so‘mdan ziyod qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) qaytarildi. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.

QQS qaytarilgan sohalar orasida eng yuqori uchlik quyidagicha:

  1. Ishlab chiqarish sohasi – 5,9 trln so‘m
  2. Xizmat ko‘rsatish sohasi – 956,2 mlrd so‘m
  3. Transport xizmati – 641,4 mlrd so‘m

Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning faol segmentlarida QQS qaytarish tizimi ancha samarali ishlayotganini ko‘rsatmoqda.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid