Shanba, 9 Avgust

Telegram foydalanuvchi nomi @crypto’ning narxi $25 millionga yetdi — Pavel Durov

Telegram asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, @crypto foydalanuvchi nomi 2,5 yil oldin $350 ming dollarga sotib olingan bo‘lib, hozirgi vaqtda uning qiymati $25 millionga yetgan. Bu raqam 71 barobar oshganini anglatadi.

Durovning ta’kidlashicha, Telegram foydalanuvchilari o‘z raqamli aktivlari va identifikatsiyalarining to‘liq egasi bo‘lib qoladi. Bu mulk TON blokcheyni asosida smart-kontraktlar orqali himoyalangan va hech qanday uchinchi tomon aralashuvisiz boshqariladi.

Uning aytishicha, Telegram — yirik platformalar orasida yagona bo‘lib, foydalanuvchilarga shaxsiy aktivlar va identifikatsiya ustidan mustaqil egalik huquqini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning kuzida Telegram o‘zining Fragment nomli savdo maydonchasini ishga tushirgan edi. Unda foydalanuvchi nomlari, stikerlar, emojilar kabi raqamli aktivlar TON kriptotizimi orqali sotila boshladi. @auto, @bank va @avia kabi nomlar millionlab dollarga baholangan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid