Prezidentimiz yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026-yildan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:
- elektron raqamli imzo beriladi;
- bankda hisobraqam ochiladi;
- xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
- kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.
Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.