O‘zbekiston Respublikasida 1-sentyabr – Mustaqillik kuni umumxalq bayrami munosabati bilan dam olish kunlari tartibi ma’lum qilindi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
📌 5 ish kuni ishlovchilar uchun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (dushanba, bayram kuni) dam olish kuni hisoblanadi.
📌 6 ish kuni ishlovchilar esa 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram kuni) dam oladi.
Shu bilan birga, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan hamda dam olish kunlari boshqa sanalarga ko‘chirilmagan.