O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Farmon matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra quyidagilar mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan
Xalilov Nasriddin – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining o‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan
Kudratov Uktam Aralovich – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Qizilqum kon boshqarmasi «Pistali» koni bosh muhandisining o‘rinbosari
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan
Urazmetov Shermuxammat Djumabayevich – «O‘zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyatining «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali geologiya-geofizika ishlarini istiqbolli prognozlash bo‘limi boshlig‘i
Hamroyev Umarjon Artiqovich – «Navoiyuran» davlat korxonasining «Uran va noyob metallar geologiyasi» ilmiy-ishlab chiqarish markazi geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan
Tursunov Jamshid Yunusovich – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi
Xidoyatov Sherzod Saidjanovich – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan
Vaxabov Davron Abdujalalovich – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi
Saidmuradov Uktam – Samarqand tumanidagi «Stekloplastik» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi, Samarqand viloyati
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan
Soy Nikolay Valerevich – «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xavfsizligi va sifat ta’minoti boshqarmasi uchuvchi-inspektori
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
Qudratxo‘ja Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
Ayimbetova Gulxatsha Aymanovna – «Ayqulash» qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli vokal artisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ganiyeva Matluba Maxamajanovna – Andijon tumanidagi «Orol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati
Nematova Nargiza Isamiddinovna – Olot tumani hokimi, Buxoro viloyati
Saidov Sirojiddin Saloxovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
Tumishova Aksavli Moldagaliyevna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Zarafshon shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Berdikulov Asatulla Hasanovich – Sardoba tumanidagi «A.Qodiriy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Ishmetov Timur Amindjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
Muradov Mansurdjan Nasirovich – Respublika «Usto» uyushmasi raisi
Xidirov Lochin Shopulotovich – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi sex uchastka ustasi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li – «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
Akramova Xushvaxt Norkulovna – Buxoro shahridagi «Birodar shaharlar» jamiyati raisi, Buxoro viloyati
Arziyev Farhod Nuritdinovich – O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Atabayev Shuhrat Xaldarovich – O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi
Baxramov Shamirza Pashayevich – Sirdaryo tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi texnik-gidrometri, Sirdaryo viloyati
Irgasheva Marxamat – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Asaka» mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Toshkent shahri
Ismoilov Xabibidin – Farg‘ona tumanidagi dehqon xo‘jaligi bog‘boni, Farg‘ona viloyati
Israilov Ismail Irkinovich – Toshkent shahridagi «Development and Marketing Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining o‘rinbosari
Kuchkarov Baxrom Tulkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari
Qodirov Akmal Sayfulloyevich – «Enter Engineering Pte. Ltd» kompaniyasining Imom Buxoriy majmuasi qurilish loyihasi rahbari
Muxammatova Dilbar Davranovna – Termiz tumanidagi «Namuna» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati
Nabiyeva Paraxat Raxmatullayevna – Sharof Rashidov tumanidagi «Hukumatoy Mirzaaliyeva» biolaboratoriyasi rahbari, Jizzax viloyati
Narimbetov Yuldash Ibragimovich – Beruniy tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nasirov Kuziboy – Qiziltepa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Navoiy viloyati
Primov Orifjon Xasanovich – Parkent tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Toshkent viloyati
Raximova Nigina Xayrullayevna – «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori
Sadovnikov Vladimir Vladimirovich – Namangan shahridagi «Proyekt-servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati
Sanayev Ismat Sanayevich – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Paxtachi tumani Kengashi raisi, Samarqand viloyati
Seytekov Turganbay Berdanovich – Nukus tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi asfalt yotqizish mashinasi haydovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sirotin Igor Vasilevich – «Uzbekistan airways technics» mas’uliyati cheklangan jamiyatining G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi muhandisi
Soatov Mumin – Ko‘kdala tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Qashqadaryo viloyati
Tashmatov Tajidin Satvoldiyevich – Andijon viloyati yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi avtogreyder haydovchisi
Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich – «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
Tursunov Rashit Raxmonovich – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 3-avtobaza boshlig‘i
Umerova Gayane Olegovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining departament boshlig‘i
Usmanov Ravshan Abrorovich – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Fayziyeva Vasila Solixovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Fedin Aleksandr Grigorevich – Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Oqtepa» ov xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Xasanov Nazirjon Nabijanovich – «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
Xojiboyev Erkinjon Valijonovich – Xonobod shahri obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtiruvchisi, Andijon viloyati
Sheraliyev Kurbonali – Xovos tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati
Shermatov Zikrilla Shukurovich – «Nuroniy» jamg‘armasining Koson tumani bo‘limi raisi, Qashqadaryo viloyati
Shonagmetova Nina Yefimovna – «O‘rta Chirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi» filialining ishlab chiqarish-texnik bo‘limi yetakchi muhandisi, Toshkent viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Abdiyev Jaxongir Ibragimovich – O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Abdullayev Tulqin Mansurovich – O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari
Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Abidov Akmal Djurabayevich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Avezov Jasurbek Shavkatovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Bekmirzayev Diyorbek Abdugapporovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Butayev Orif Aliboyevich – «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
Galtemirov Sharof Qurbanbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Djaxangirova Ella Anatolevna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining departament boshlig‘i
Jumaniyazov Nodir Kadamovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Jurayev Baxodir Ibragimovich – «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati raisi
Ismailov Murad Valijonovich – O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining o‘rinbosari
Isxakova Guzal Gayratovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Kadirov Shuxrat Munavvarovich – O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori
Kilichov Timur Masharibovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Qarshiyev Rustam Jo‘rayevich – O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari
Lapasov Ulugbek Xidirovich – O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili
Mirakulov Miravzal Mirodilovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Miraxmedov Ziyod Maxamadjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Mutalov Zoxiriddin Abdugapurovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Raximova Gulnora Xashimovna – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari
Raxmatov Feruz Kasimovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Saidolimov Saidxon Tal’at o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Tangriyev Izzat Raxmatullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Umarov Olimjon Muxamadjanovich – O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
Xaydarov Jahongir Baxtiyarovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Xodjayev Furkat Salimovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi
Xolmurodov Nozimjon Qosimovich – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li – Chilonzor tumani hokimi, Toshkent shahri
Xoshimov Nodirbek Anvarjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
Yuldashev Kaxramon Anvardjanovich – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari
Yusupbayev Shuxrat Mashxurovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Tulabayev Mirzaali Erkabayevich – Qo‘qon shahri nuroniylar jamoatchilik kengashi sport targ‘ibotchisi, Farg‘ona viloyati
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Bozorov Mirshodbek Shukur o‘g‘li – Romitan tumanidagi «Tarnaut» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Buxoro viloyati
Majidov Bobomurod Bahronovich – Toshkent shahridagi «Akfa Dream World» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari
«Jasorat» medali bilan
Ablayeva Farog‘at Murtazayevna – Uchtepa tumanidagi zargarlik buyumlari yasovchi hunarmand, Toshkent shahri
Jumayeva Shohida Qulmatovna – Sherobod tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazining «Qorabog‘» o‘quv maskani tikuvchisi, Surxondaryo viloyati
Imomaddinov Xalilla Kamolovich – Shovot tumanidagi «Xo‘jaobod-2018» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Mansurov Zamir Baqoyevich – Vobkent tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Buxoro viloyati
Oripova Zuxraxon A’zamovna – Oltiariq tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Farg‘ona viloyati
Ro‘ziyeva Shahlo Mansurovna – Tomdi tumani sport maktabining shaxmat bo‘yicha murabbiysi, Navoiy viloyati
Safarov Muzaffar Shavkatovich – Narpay tumanidagi maishiy texnikalarni ta’mirlash ustasi, Samarqand viloyati
Soliyev Lutfullojon Sobitovich – Chust tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, tikuvchi, Namangan viloyati
Suyunov Mansur Xalilovich – Forish tumanidagi video montaj ustasi, Jizzax viloyati
Turdiqulova Sayora Sharofovna – «Hunarmand» uyushmasining Kitob tumani bo‘limi a’zosi, kashtado‘z, Qashqadaryo viloyati
Xudoyberdiyeva Nodira Xomidjanovna – Shahrixon tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Andijon viloyati
Shakirov Ilxam Gavazovich – Oqoltin tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, fotosuratchi, Sirdaryo viloyati
Sharipov Maksud Kenjayevich – Ellikqal’a tumanidagi avtomobillarni ta’mirlash ustasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ergashev Doniyor Azimovich – «Hunarmand» uyushmasining Bo‘ka tumani bo‘limi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Toshkent viloyati
«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar)
Gadanova Xaticha – Narpay tumani, Samarqand viloyati
Galimova Naziba – Bog‘ot tumani, Xorazm viloyati
Zaripova Narjan – Beruniy tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Imomqulova Suxsurbu – Pop tumani, Namangan viloyati
Kenjayeva Anor – Yangiobod tumani, Jizzax viloyati
Matisaqova Melibu – Buvayda tumani, Farg‘ona viloyati
Narmatov Urazali – Sardoba tumani, Sirdaryo viloyati
Roziyeva Nazmira Mirsultanovna – Mirzo Ulug‘bek tumani, Toshkent shahri
Tabarov Ikram – Sho‘rchi tumani, Surxondaryo viloyati
Tag‘oyev Juraqul – Xatirchi tumani, Navoiy viloyati
Teshayev Achil – Jondor tumani, Buxoro viloyati
Usmonova Mexri – Chinoz tumani, Toshkent viloyati
Shirnazarov Maxmadali – Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati
Yuldosheva Chinixon – Paxtaobod tumani, Andijon viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abduraxmonov Iftixor Ismoilovich – «Temiryo‘linfratuzilma» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘qon lokomotiv deposi Andijon filiali teplovoz mashinisti, Andijon viloyati
Abduxakimova Gulfuza Abduraxmanovna – Pastdarg‘om tumanidagi «Buyuk Turon» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Samarqand viloyati
Avazov Elmurod Ro‘zimurodovich – Jarqo‘rg‘on tumani hokimi, Surxondaryo viloyati
Adilov Yuldosh Xasanovich – Mirzacho‘l tumanidagi «Mirzacho‘l servis avto» mas’uliyati cheklangan jamiyati avtobus haydovchisi, Jizzax viloyati
Aliyeva Nodiraxon Ibroximovna – Rishton tumanidagi «Agronom Aliyev» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Alimdjanov Kamiljan Validjanovich – Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi chilangar-santexnigi
Allabergenov Murodbek Anvarbekovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi direktori
Amanov Oybek Anvarovich – Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Qashqadaryo viloyati
Amonov Naim Nasimovich – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi direktori
Arashov Jalol Samandarovich – Buxoro viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Aripov Baxtiyor Muxamedovich – Andijon tumanidagi «Valley Fish» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Artiqov Meliquzi Mamatqulovich – «Sirdaryo-Zarafshon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ekskavator mashinisti, Jizzax viloyati
Askarova Guljamol Shodmanovna – O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi
Baltabayev Xabibulla Mo‘minovich – «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish direksiyasi payvandlash sexi brigada boshlig‘i, Andijon viloyati
Begmatov Abdulla To‘raqulovich – Boyovut tumanidagi «Boyovutlik Humoyun» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
G‘oziyev Nurmatjon Nu’monjonovich – Bag‘dod tumani «Chekxitoy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati
Davlatov Ibadulla Urakovich – Termiz tumanidagi «Qoraxon-Yangiariq» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Dadaxodjayev Nosir Ibragimovich – «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» mas’uliyati cheklangan jamiyatining izolyatsiya va o‘ta kuchlanishdan himoyalanish ishlab chiqarish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari
Dexkanov Aziz Ravshanovich – Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi
Djorayev Djasur Sattivayevich – Toshkent shahridagi «12-trest» aksiyadorlik jamiyatining 2-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnasi elektr-gaz payvandchisi
Djumabekova Gulzaynat Xusanovna – «Chirchiq transformator zavodi» aksiyadorlik jamiyatining sex g‘altak o‘rovchisi, Toshkent viloyati
Yodgorov Shuxrat O‘razbayevich – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi «Muruntog‘» koni uchastka portlatuvchisi
Imamberdiyev Nadir Askarovich – «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 3-Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi tegirmon mashinisti
Iminov Abdulaziz Turdiyevich – Toshkent shahridagi «Green TV» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassisi
Irgashev Elyor Aglamovich – «Gidroproyekt» aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi
Kutlimuratova Nigora Masharipovna – Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i
Qodirov Alisher Abdulaxatovich – Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Qodirov Ro‘zimboy Qurbanovich – «Chapqirg‘oq Amudaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ekskavatorchisi, Xorazm viloyati
Magzamov Azamat Paraxatovich – Kegeyli tumani «Juzim bag‘» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Madatova Onara Djurakulovna – Xatirchi tumanidagi «Langar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Navoiy viloyati
Malikova Gulchexra Rixsixo‘jayevna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bosh ilmiy xodimi
Mamarajabova Bahora Dilmurodovna – «Hunarmand» uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi a’zosi, kashtachi
Mamatmo‘minov Akmal Jaylovovich – Angor tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Surxondaryo viloyati
Mansurov Axror Axmadaliyevich – Mingbuloq tumani hokimi, Namangan viloyati
Minovarxodjayev Ubaydulla Taxtayevich – Yashnobod tumanidagi «Behizor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
Mirzayev Nurali Askaraliyevich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Musurmanova Shoira Akboyevna – Bulung‘ur tumanidagi «Guliston» mahalla fuqarolar yig‘ini kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Samarqand viloyati
Nazarov Erkin Ergashovich – Yashnobod tumanidagi «Yashnobod maxsustrans» avtotransport filiali haydovchisi, Toshkent shahri
Nasirova Firuza Rufatovna – Navoiy shahar soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho‘basi davlat soliq katta inspektori, Navoiy viloyati
Nurmatova Umigulsin Umirzokovna – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Mozorko‘hna» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati
Nurmetova Yelizaveta Viktorovna – «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasining harakat xizmati poyezd dispetcheri, Toshkent shahri
Nurullayev Zafar Dehqonovich – Samarqand shahri obodonlashtirish boshqarmasining Siyob hududi boshlig‘i, Samarqand viloyati
Obidov Voxid To‘xtasinovich – Yozyovon tumanidagi «Mezon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Otajanova Raxima – Shovot tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Xorazm viloyati
Parpiyev Po‘latjon Rasulovich – Norin tumanidagi «Rovot» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar bo‘yicha maslahatchisi, Namangan viloyati
Rayimov Alisher Abdumalikovich – Angren shahar hokimi, Toshkent viloyati
Raximov Yokubjan Abdullajanovich – Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Iminjon Muharram Bonu» fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi, Namangan viloyati
Raxmatillayev Ozatbek Zaripovich – Urganch tumanidagi «Davlat-Raxmatulla» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Rizayev Fazliddin Ismoilovich – Samarqand shahridagi «Samarqand avtomobil zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh texnologi, Samarqand viloyati
Ruziyev Azamat Abdirashidovich – Qorako‘l tumani «Mirzaqal’a» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Buxoro viloyati
Ro‘ziyev Ruslan Nasirovich – Konimex tumani hokimi, Navoiy viloyati
Ro‘zmetova Zebiniso Jumanazarovna – Qo‘shko‘pir tumanidagi «Kenagas» bioservisi rahbari, Xorazm viloyati
Sayidmusayev Sayidbaxrom Sayidburxonovich – So‘x tumani hokimi, Farg‘ona viloyati
Samaqova Masturaxon Ergashevna – O‘zbekiston tumanidagi «Yaypan agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh agronomi, Farg‘ona viloyati
Soriyev Sherzod Eshonkulovich – Paxtakor tumanidagi «Sher-Ulug‘-Jahon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Sulaymanova Gulsima Baxitjanovna – Mo‘ynoq tumanidagi «Qozoqdaryo» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sultonov Nuriddin Abduxamidovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi a’zosi
Toynbayev Abdikadir Eraliyevich – «Sho‘ro‘zak-Sirdaryo» irrigatsiya tizimi boshqarmasining tumanlararo kanallar bo‘limi O‘ng tarmoq kanali gidrotexnigi, Sirdaryo viloyati
Tursunboyeva Dilfuza Toshboyevna – Baxmal tumanidagi «Muzbuloq» va «Vatanparvar» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati
Tursunova Dilbar Nomozovna – Yakkabog‘ tumani obodonlashtirish boshqarmasi brigada boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Tursunova Norbibi Mardanovna – Bekobod tumanidagi «Oltin pilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Toshkent viloyati
Ulugov Asrorjon Askaraliyevich – «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatining «To‘polang GES» filiali direktori
Fazilova Fatima Muradullayevna – «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasining G‘arbiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi gidrogeologiya partiyalari yetakchi gidrogeologi, Surxondaryo viloyati
Xudoyberdiyeva Muqaddas Abdulxakovna – Guliston tumanidagi «Sohil», «Boyovut» va «Terakzor» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Sirdaryo viloyati
Haydarov Ilg‘or Barakayevich – Shofirkon tumanidagi «Azim Shofirkon yulduzi» fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi, Buxoro viloyati
Shertoyloqova Gavxaroy Numanjon qizi – «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasining Andijon viloyati filiali bo‘lim bosh mutaxassisi
Yusupov Olim Qodirqulovich – Parkent tumanidagi «Sayyoh-2000» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati