Yakshanba, 9 Noyabr

Banklarda mikroqarz va avtokredit stavkalari pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 25-avgust holatiga tijorat banklarida mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari pasaygan.

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 35,9 foizni tashkil etdi (18-avgustda – 36,1 foiz).

  • Eng yuqori stavka – TBC bankda (42,3 foiz),
  • Eng past stavka – Aloqabankda (22,8 foiz).

Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 23,7 foizni tashkil etdi (18-avgustda – 23,8 foiz).

  • Eng past stavka – Ipoteka bankda (20,7 foiz),
  • Eng yuqori stavka – Infinbank va Hamkor bankda (28,0 foiz).

Taqqoslash uchun:

  • Jismoniy shaxslarga ajratilayotgan boshqa kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi – 24,1 foiz.
  • Yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar – 22,2 foiz.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid