Shanba, 11 Oktabr

Endi O‘zbekistonda ismli avtomobil raqamlari paydo bo‘ladi

Hukumatning 2025-yil 4-sentabrdagi qaroriga (562-son) muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan avtomototransport vositalari uchun davlat raqami berish tartibida bir qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

❌ Bekor qilinadi:

  • davlat raqamlarini yuqori to‘lov stavkalari asosida “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” orqali auksionda sotib olish amaliyoti;
  • mashhur harf va raqam kombinatsiyalarini oshirilgan to‘lov asosida berish tartibi.

🆕 Yangi tartibga ko‘ra:

  • istalgan harf va raqam kombinatsiyasiga ega davlat raqami yagona oshirilgan to‘lov evaziga fuqaroning elektron murojaati orqali beriladi;
  • raqamlarni tanlash imkoniyati infokiiosklar, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) mobil ilovasi, YHXX rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali taqdim etiladi;
  • yagona ochiq ma’lumotlar bazasida hudud kodlari doirasida barcha turdagi davlat raqamlari (avval berilgan yoki foydalanilayotganlardan tashqari) joylashtiriladi.

✨ Qo‘shimcha yangilikismli va noyob raqamlar: 2026-yildan “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va takliflaridan kelib chiqqan holda oltitagacha harf va (yoki) raqam kombinatsiyasidan iborat noyob davlat raqamlarini ochiq elektron kim oshdi savdolari orqali berish huquqi beriladi.

📌 Noyob davlat raqamlari mavjud raqamlarni takrorlamasligi, shuningdek, qonunchilikka hamda axloqiy me’yorlarga zid bo‘lmasligi shart.

Tez orada ko‘chalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” yozuvli avtomobil raqamlarini uchratish mumkin bo‘ladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid