2025 yil avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik biroz susaydi. Raqamlarga ko‘ra, oy davomida jami 90 ming dona yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich iyul oyiga nisbatan 9,5 foizga kam.
Yangi avtomobillar bozori
Avgust oyida yangi yengil avtomobillar segmentida ham biroz pasayish kuzatildi. Sotuvlar 2 foizga kamayib, 37,6 ming donani tashkil etdi.
Shuningdek, xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 4,9 ming donaga teng bo‘ldi. Bu esa iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 9,4 foiz past.
Ikkilamchi bozor
Avgust oyida ikkilamchi bozorda 52,7 ming dona avtomobil sotilgan. Bu raqam o‘tgan oyga nisbatan 14,3 foiz kamdir.
E’tiborlisi, ikkilamchi bozorda elektromobillarga bo‘lgan talab biroz oshdi. Avgustda 2,7 ming dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bu iyul oyiga nisbatan 0,6 foiz ko‘pdir.