Shanba, 11 Oktabr

Markaziy bank bir nechta bank litsenziyalarini qayta rasmiylashtirdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga asosan bir qator tijorat banklariga berilgan faoliyat litsenziyalari qayta rasmiylashtirildi. Bu o‘zgarishlar banklarning nomi, manzili va tashkiliy-huquqiy shakli bilan bog‘liq.

Xususan:

  • “Smart bank” AJ nomi “Open bank” AJ etib o‘zgartirilishi hamda pochta manzilining o‘zgarishi munosabati bilan uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi.
  • “Hayot bank” AJ joylashgan manzili o‘zgargani bois litsenziyasi yangidan rasmiylashtirildi.
  • “Anor bank” AJ ham manzil o‘zgarishi tufayli yangi litsenziya oldi.
  • Eronning “Soderot” banki Toshkentdagi sho‘ba banki esa tashkiliy-huquqiy shaklini “sho‘ba”dan “aksiyadorlik jamiyati” shakliga o‘tkazdi. Shuningdek, bank nomi “Soderot bank” qilib o‘zgartirildi va pochta manzili yangilandi. Shu sababli mazkur bankning litsenziyasi ham qayta rasmiylashtirildi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid