Shanba, 11 Oktabr

Oltin quymalari narxi rekord darajaga chiqdi

30-sentabr kuni o‘zbek bozorida oltin quymalarining qiymati tarixiy darajaga chiqdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir grammli oltin quyma 1 mln 538 ming 300 so‘mga baholandi.

Shuningdek, o‘lchovli quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

  • 5 gramm — 7 mln 691 ming so‘m,
  • 10 gramm — 15 mln 383 ming so‘m,
  • 20 gramm — 30 mln 766 ming so‘m,
  • 50 gramm — 76 mln 915 ming so‘m,
  • 100 gramm — 153 mln 830 ming so‘m.

Shu tariqa, 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 7,6 million so‘mdan yuqori bo‘ldi.

Dunyo bozorida ham qimmatbaho metall narxi o‘sishda davom etmoqda. 30-sentabr holatiga ko‘ra, 1 troya unsiyasi oltin qiymati 3896,90 dollarni tashkil etib, 3900 dollarlik chegaraga yaqinlashdi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid