Shanba, 11 Oktabr

Qaysi hududlarda palov eng qimmat, qaysilarida arzon?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentabr oyi uchun hududlar kesimida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati quyidagicha shakllandi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 99 800 so‘m
  • Andijon viloyati – 107 200 so‘m
  • Buxoro viloyati – 110 100 so‘m
  • Jizzax viloyati – 111 600 so‘m
  • Qashqadaryo viloyati – 113 600 so‘m
  • Navoiy viloyati – 111 100 so‘m
  • Namangan viloyati – 110 800 so‘m
  • Samarqand viloyati – 114 700 so‘m
  • Surxondaryo viloyati – 113 400 so‘m
  • Sirdaryo viloyati – 107 000 so‘m
  • Toshkent viloyati – 115 200 so‘m
  • Farg‘ona viloyati – 117 000 so‘m
  • Xorazm viloyati – 108 300 so‘m
  • Toshkent shahri – 119 300 so‘m

Raqamlar yaxlitlangan

1 kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:

  • Kunjut yoki kungaboqar yog‘i – 0,3 l
  • Piyoz – 300 g
  • Mol go‘shti – 700 g
  • Sabzi – 1 kg
  • Guruch – 1 kg
  • No‘xat – 100 g
  • Zira – 10 g
  • Osh tuzi – 20 g

Ta’kidlash joizki, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palovning narxiga to‘liq mos kelmaydi. Ularda palov tayyorlash xarajatlari va boshqa xizmat haqlari ham qo‘shib hisoblangan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid