Shanba, 11 Oktabr

BYD avtomobillari O‘zbekiston futboliga qimmatga tushdi

Shu yilning 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvidan so‘ng, futbolchilarni mukofotlash marosimi chog‘ida BYD avtomobillarining maydonga olib kirilishi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan qoidabuzarlik sifatida baholandi.

OFK tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 340 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Jarima sababi shundaki, OFK mezbonlardan stadion ichida va uning atrofida faqat rasmiy homiylar brendlaridan foydalanishni qat’iy talab qiladi. O‘zbekiston ushbu talabni buzgan deb topilgan — chunki JCh saralash o‘yinlari uchun mezbonlarga to‘lanadigan mablag‘ homiylik kelishuvlariga asoslanadi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid