Shanba, 11 Oktabr

Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Istiqlbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish imkoniyatlari, reklama joylashtirish jarayonida firibgarlikning oldini olish, shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va raqamli kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Foto: Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Meta kompaniyasidan Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun davlat siyosati direktori Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun davlat siyosati rahbari Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Gonkong va Tayvan bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar rahbari Aurora Li, shuningdek Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun davlat siyosati bo‘yicha mintaqaviy menejer Erasil Kalixan ishtirok etdi.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish hamda adolatli monеtizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va tajriba almashish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi va mas’uliyatli raqamli xulq-atvorni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish va istiqbolli yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid