Shanba, 11 Oktabr

To‘rtta sug‘urta tashkilotiga jarima qo‘llanildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish doirasida bir qator choralarni amalga oshirdi. Natijada, 4 ta sug‘urta kompaniyasiga moliyaviy intizomni buzganlik uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Agentlik tomonidan o‘tkazilgan tahlillar davomida ayrim sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yorlarga to‘liq javob bermasligi aniqlanib, natijada jami 156,5 million so‘m miqdorida jarima undirilgan.

Jarima sanksiyasi qo‘llanilgan sug‘urta tashkilotlari quyidagilar:
“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST — 35,0 million so‘m;
“SEMURG INSURANCE” AJ — 31,5 million so‘m;
“INSON” AJ ST — 40,0 million so‘m;
“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ — 50,0 million so‘m.

Ushbu chora-tadbirlar sug‘urta bozorida moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, shaffoflikni oshirish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid