2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 54,99 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich tarixiy rekord sifatida qayd etildi. Zaxiralarning keskin oshishi asosan jahon bozorida oltin narxlarining qimmatlashishi bilan izohlanmoqda.
Markaziy bank hisobotida ta’kidlanishicha, sentabr oyida zaxiralarning valyuta qismi 735,7 million dollarga, oltin zaxiralari 4,1 milliard dollarga ko‘payib, 44,2 milliard dollarga yetgan. Biroq, oltinning fizik hajmi kamayib, 11,8 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyaga tushdi.
Yil boshidan beri jahon bozorida oltin narxlarining keskin ko‘tarilishi O‘zbekiston zaxiralarining sezilarli o‘sishiga xizmat qildi. 1-sentabr holatiga qayd etilgan 54 milliard 99 million dollarlik ko‘rsatkich mamlakat uchun mutlaqo yangi tarixiy daraja hisoblanadi.
2025-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari ilk bor 50 milliard dollardan oshgani haqida ma’lumot berildi.
Avvalroq esa PUL24 oltin narxi jahon bozorida tarixiy maksimumni yangilagani haqida yozgandi.