Prezidentning “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi tizim orqali avtomatik tarzda to‘xtatiladi. Bunday tovarlar uchun nazorat-kassa texnikalari orqali xarid cheki chiqarilmaydi.
2025-yil 15-oktabrdan 2027-yil 1-yanvargacha nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlari tajriba tariqasida amalga oshiriladi.
2025-yil 1-dekabrdan boshlab iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida “Iste’molchi – tadbirkor – nodavlat notijorat tashkilotlar – davlat organlari” o‘zaro hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yiladi.