Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida qariyb 5,2 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 million nafarga yoki 26,8 foizga ko‘pdir.
Quyida o‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan TOP-10 davlat ro‘yxati keltirilgan:
- Qirg‘iz Respublikasi — 2,3 mln kishi
- Qozog‘iston — 956 ming kishi
- Tojikiston — 887,9 ming kishi
- Rossiya — 312,7 ming kishi
- Turkiya — 181,7 ming kishi
- Saudiya Arabistoni — 165,7 ming kishi
- Birlashgan Arab Amirliklari — 94,2 ming kishi
- Misr — 45,4 ming kishi
- Vyetnam — 28,5 ming kishi
- Xitoy — 27,6 ming kishi
Shuningdek, boshqa mamlakatlarga safar qilganlar soni 162,4 ming nafarni tashkil etgan.