15-oktabr ertalab xalqaro savdo maydonlarida bir unsiya oltin narxi 4 200 dollarga yaqinlashdi. Savdo sessiyalari davomida maksimal ko‘rsatkich 4 191,50 dollarni tashkil etdi. Maqola tayyorlanayotgan vaqtda esa qimmatbaho metall 4 181,80 dollar atrofida savdo qilinmoqda.
Bir gramm sof oltin narxi — 134,5 dollar.
Xalqaro bozordagi o‘sish O‘zbekistondagi narxlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 15-oktabrdan boshlab oltin quyma narxi har gramm uchun 1 million 683 ming so‘m etib belgilandi.
Quyidagi narxlar amal qilmoqda:
- 5 gramm — 8 mln 417 ming so‘m
- 10 gramm — 16 mln 834 ming so‘m
- 20 gramm — 33 mln 668 ming so‘m
- 50 gramm — 84 mln 169 ming so‘m
- 100 gramm — 168 mln 338 ming so‘m
Yil boshidan buyon oltin quymalar 42-marotaba rekord o‘rnatdi.