Yakshanba, 9 Noyabr

Sentabr oyida elektromobillar bozori rekord darajada o‘sdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentabr oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida biroz pasayish qayd etildi, biroq elektromobillar segmentida sezilarli o‘sish kuzatildi.

Sentabr oyida yengil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etib, bu avgust oyiga nisbatan 6,4%ga kam bo‘ldi.

Eng katta pasayish Surxondaryo va Navoiy viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida qayd etildi.
Shu bilan birga, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida savdo hajmining o‘sishi kuzatildi.

Sentabr oyida yangi yengil avtomobillar segmentida mavsumiy pasayish kuzatilib, savdo hajmi 15,2%ga kamayib, 31,9 ming donani tashkil etdi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar ustunlikni saqlab qoldi — ularning savdosi 27,4 ming donani tashkil etib, avvalgi oyga nisbatan 16,1%ga kamaydi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi esa 4,5 ming donani tashkil etib, bu 8,9%ga kam natija qayd etdi.

Ikkilamchi avtomobillar bozori sentabr oyida barqarorlikni saqlab qoldi. Bu segmentda 52,6 ming dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu avgust oyiga nisbatan atigi 0,1%ga kam.

Sentabr oyida 7,8 ming dona elektromobil sotildi — bu avgust oyiga nisbatan 21,6%ga ko‘p bo‘lib, rekord darajadagi natija hisoblanadi.

Joriy yilning 3-choragida esa sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 baravar ko‘p.

Eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid