Yakshanba, 9 Noyabr

O‘zbekiston bo‘yicha soliq qarzlari 831,5 mlrd so‘mga yetdi

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 15-oktyabr holatiga mamlakat bo‘yicha 173 mingdan ortiq tashkilotga qarashli 747 ming nafar xodim jami 882 mingta soliq obyekti bo‘yicha yer va mol-mulk soliqlarini to‘lamagan.

Umumiy qarzdorlik miqdori 831,5 milliard so‘mni tashkil etgan.

Soliq qarzlari tarkibi:

  • Yer solig‘i — 501,2 mlrd so‘m
  • Mol-mulk solig‘i — 330,3 mlrd so‘m

Tashkilotlar kesimida:

  • Tijorat tashkilotlari — 644,9 mlrd so‘m
  • Byudjet tashkilotlari — 150,8 mlrd so‘m
  • Nodavlat-notijorat tashkilotlari — 35,8 mlrd so‘m

Eng katta qarzdor sohalar:

  1. Sanoat — 140,7 mlrd so‘m (20,8 ming tashkilot, 130 ming xodim)
  2. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 138,6 mlrd so‘m
  3. Savdo — 116 mlrd so‘m
  4. Qurilish — 90,3 mlrd so‘m
  5. Tashish va saqlash — 30,6 mlrd so‘m
  6. Umumiy ovqatlanish xizmati — 28,5 mlrd so‘m
  7. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 11,7 mlrd so‘m
  8. Axborot va aloqa — 8,7 mlrd so‘m

Eng yirik qarzdor tashkilotlar:

  • “Temiryo‘l infratuzilmasi” AJ — 4 mlrd so‘m
  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 3,3 mlrd so‘m
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — 3,3 mlrd so‘m

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid