Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) hamda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 5,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu mamlakat umumiy tashqi savdosining 9,1 foizini tashkil etadi.
- Eksport: $1,997 mlrd (+7,4%)
- Import: $3,476 mlrd (+10,7%)
Savdo balansi salbiy bo‘lib, import hajmi eksportdan sezilarli darajada yuqori.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasining asosiy qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi — 64% yoki 3,47 mlrd dollar.
Qolgan mamlakatlar bo‘yicha taqsimot:
- Turkmaniston — 14% (750 mln dollar)
- Qirg‘iziston — 12% (672,8 mln dollar)
- Tojikiston — 10% (571,3 mln dollar)
Qozog‘iston bilan savdo:
- Eksport — 1 057,6 mln $
- Import — 2 419,3 mln $
Turkmaniston bilan savdo:
- Eksport — 111,1 mln $
- Import — 639,0 mln $
Qirg‘iziston bilan savdo:
- Eksport — 422,1 mln $
- Import — 250,7 mln $
Tojikiston bilan savdo:
- Eksport — 406,3 mln $
- Import — 165,0 mln $
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 2025-yil sentabr holatiga ko‘ra o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan:
- Qozog‘iston — 115,5%
- Qirg‘iziston — 114,7%
- Tojikiston — 117,6%
- Turkmaniston — 110,4%
Umuman olganda, mintaqaviy savdo o‘sish sur’ati 2025-yilda 109,5%ni tashkil etdi (2024-yilda — 93,3%, 2023-yilda — 99,1%).
Import:
- 2025-yil — $3 474,0 mln (+10,7%)
- 2024-yil — $3 138,8 mln
- 2023-yil — $3 188,4 mln
Eksport:
- 2025-yil — $1 997,1 mln (+7,4%)
- 2024-yil — $1 859,7 mln
- 2023-yil — $2 170,8 mln
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari barqaror o‘sishda davom etmoqda. Ayniqsa, Qozog‘iston bilan iqtisodiy hamkorlik yetakchilikni saqlab qolmoqda. 2025-yilda savdo hajmining ortishi mintaqaviy integratsiya va iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashayotganidan dalolat beradi.