Shanba, 13 Dekabr

Aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 11,7 million so‘mni tashkil etdi. Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga oshgan.

Qo‘mita bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchi hududlar quyidagicha:

Aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha TOP-5 hudud:
  1. Navoiy viloyati – 29,7 mln so‘m
  2. Toshkent shahri – 22,9 mln so‘m
  3. Toshkent viloyati – 20,3 mln so‘m
  4. Namangan viloyati – 16,3 mln so‘m
  5. Samarqand viloyati – 15,2 mln so‘m

Mutaxassislar qayd etishicha, yetakchi hududlardagi yuqori ko‘rsatkichlar sanoat loyihalari, infratuzilma rivoji va xususiy sektor faollashuvi bilan bog‘liq.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid